Plastik kartalar

Yuklab olish

Overdraft

07.09.2017

Overdraft krediti - bank plastik kartochkasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to'lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvarag'idagi qoldiq mablag'idan ortiq miqdordagi mablag'ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli;

Overdraft O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi.

Overdraft tijorat banki tomonidan ish haqi, shuningdek pensiya to'lovlari hisob-kitobi uchun emissiya qilingan bank plastik kartochkasi orqali beriladi.

Overdraft jismoniy shaxsning (mijozning) daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda o'rtacha oylik ish haqining (pensiyaning) 3 barobarigacha bo'lgan miqdorda 12 oygacha bo'lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda beriladi.

Overdraft 12 oygacha bo'lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft limitini overdraft shartnomasida belgilangan jadvalga asosan bosqichma-bosqich kamaytirib borish sharti bilan ajratiladi. Bunda, dastlabki 6 oy davomida qarzdorliklar qisman va yoki to'liq bankka qaytarilgan taqdirda mijoz Overdraft limitidan yana foydalanish (overdraft tiklanishi) huquqiga ega bo'ladi. So'nggi 6 oy davomida qarzdorliklar kreditni qaytarish jadvaliga asosan teng ulushlarda bankka qaytariladi.

Kredit ustama foizi – 25 % mikdorida;

         Kredit ta'minoti - “Asaka” bank tomonidan “Korxona va tashkilotlarning oylik ish haqlarini milliy valyutadagi plastik kartalar orqali berish” to'g'risida shartnoma asosida xizmat ko'rsatilib kelinayotgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorning xodimiga beriladigan overdraft uchun ish beruvchining qonunchilikda o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan kafilligi.

Overdraft rasmiylashtirish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi xujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • qarz oluvchining pasportidan nusxa;
  • qarz oluvchining oxirgi 12 oy uchun, agar doimiy ish joyida ishlayotganiga bir yil to'lmagan bo'lsa, amalda ishlangan (3 oydan kam bo'lmagan)  davr uchun ish haqidan majburiy ajratmalar  ko'rsatilgan holda ish haqi, pensiya va unga tenglashtirilgan boshqa daromadlari to'g'risida ma'lumotnoma;
  • Overdraft qaytarilishi ta'minotiga doir hujjatlar.