Hamkorlik

Yuklab olish

Vakillik munosabatlari

06.09.2017

Dunyoning asosan yirik banklarida ochilgan vakillik hisob raqamlari orqali turli amaliyotlarni o’tkazish imkoniyatini yaratuvchi keng vakillik tarmog’iga egalik qilib, «Asaka» bank yirik banklar o’rtasida yetakchi o’rinni egallab turibdi.

Hozirgi kunda, «Asaka» bankning vakillik banklari (hisob raqami ochish va SWIFT kalit almashish orqali) 370 tadan ko’proqni tashkil etadi. Ulardan 34 tasi bilan turli xil valyutada hisob raqamlari ochilgan: 34 nostro va 38 loro turdagi hisoblar.

Hozirgi kunda vakillik banklarning soni «Asaka» banki tomonidan mijoz buyurtmasiga asosan bajarilayotgan barcha banklararo amaliyotlarni qamrab olishga imkoniyat beradi. Zarurat tug’ilganda «Asaka» bank yangi banklar bilan vakillik munosabatlarini o’rnatishga qaratilgan ishlarni tezkor bajarishga tayyor.