Hamkorlik

Yuklab olish

SAVDONI MOLIYALASHTIRISH

06.09.2017

«Asaka» bank yil davomida savdoni moliyalashtirilish sohasida faol ish olib bormoqda, xususan, hozirgi kunda eksport-import operatsiyalar bo’yicha 1 yilgacha bo’lgan qisqa muddatli kreditlardan foydalanilmoqda. Kredit beruvchilar qatorida — JP Morgan Chase (AQSh), Korea Exim Bank (Koreya), UBS AG (Shveytsariya), Commerzbank AG (Germaniya), Landes Bank Berlin AG (Germaniya), Dresdner Bank AG (Germaniya), SMBC (Yaponiya), RBI (Avstriya), CITIBANK (AQSh) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar mavjud. Xorijiy hamkorlar tomonidan savdoni moliyalashtirish sohasidagi taqdim etilgan kredit liniyalarining umumiy miqdori 500 million AQSH dollaridan oshadi. Ushbu kredit liniyalar doirasida, doimiy ravishda AJ “O’zavtosanoat” (shu jumladan AJ “GM Uzbekistan”), AJ “O’zkimyosanoat”, AJ “O’zagrotexsanoatxolding” kabi boshqa mijozlarning akkreditivlari tasdiqlanyapti.  

Savdo bitimlarning asosiy qismi Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Shveytsariya, Italiya va boshqa mamlakatlar etkazib beruvchilariga to’g’ri keladi.