Bank faoliyati

Yuklab olish

Rivojlanish dinamikasi

06.09.2017
 
"Asaka" aksiyadorlik tijorat banki asosiy ko'rsatkichlari dinamikasi
 
“Asaka” bankning 2014 yil yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
"Asaka" bankning 2015 yilning birinchi yarim yil yakunlari bo'yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2015 yil yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2016 yil 1-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2016 yil 2-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2016 yil 3-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2016 yil yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2017 yil 1-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2017 yil 2-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2017 yil 3-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2017 yil yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2018 yil 1-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2018 yil 2-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2018 yil 3-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2018 yil 4-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari
 
“Asaka” bankning 2019 yil 1-chorak bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari

Asosiy ko’rsatkichlari.

2019 yilning 1 aprel holatiga bankning jami aktivlari o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 trln.so'mga, yil boshiga nisbatan 1,2 trln.so`mga ortib 31,5 trln.so`mni, shundan daromad keltiruvchi aktivlar umumiy aktivlarning 91 foizini tashkil qildi.

Bank kapitalining hajmi 2018 yil 1 apreliga nisbatan 27,8 mlrd.so`mga ko’payib 3,2 trln.so`mni tashkil qildi.

2019 yilning 1 choraki davomida bank tomonidan olingan daromadlar hajmi 696,1 mlrd.so`mni tashkil qilib, sof foyda miqdori 8,5 mlrd.so’mni tashkil qildi.

"Asaka" bank aktsiyadorlari ro’yxati

 

Aksiyadorlar nomi Ulishi % da
1 O'zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi 71,23
2

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

20,25%

3 "O’zavtosanoat" Aksiyadorlik Kompaniyasi

3,35%

4 "Olmaliq TMK" AJ

1,58%

5 "Buxoro NQZ" UK

1,41%

6 "Navoiy KMK" DK

0,61%

7 "O’zbekiston temir yo’llаri" DАTK

0,59%

8 "O’zbektelekom"

0,31%

9 Farg’ona NQIZ USHK

0,25%

10 Uzmetkombinat” AJ

0,25%

11 "Uzagrosugurta" DASK

0,15%

12 "Uzbekinvest" NKEIS

0,03%

 

Uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo’yicha.

     2019 yil boshida  «Asaka» bank tomonidan  1 545,3 mlrd.so'm miqdorida uzoq muddatli investitsion loyihalar moliyalashtirilgan, shu jumladan iqtisodiyot sektorlari:

Sanoat – 1 109,4 mlrd.so'm.

Qishloq ho'jaligi – 222,0 mlrd.so'm.

Qurilish – 39,4 mlrd.so'm.

Transport va aloqa – 33,1 mlrd.so'm.

Ijtimoiy soha – 41,01 mlrd.so'm.

Moddiy texnik baza – 0,05 mlrd.so'm

Boshqa maqsadlar – 100,0 mlrd.so'm. 

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish natijasida 675 tа yangi ishchi o'rinlar barpo etilgan.

 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash uchun 953,0 mlrd.so’m miqdorida kredit mablag'lari ajratildi.

Jumladan, ajratilgan mikrokreditlar hajmi 18,3 mlrd.so’mni, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga ajratilgan kredit mablag'lari 32,5 mlrd.so’m miqdorida kredit mablag'lari ajratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarorlariga asosan oziq - ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar 108,0 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lib, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar 270,2 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2019 yil yanvar-mart oylari davomida “Asaka” bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar va moliyalashtirilgan loyihalar hisobiga 1 222   nafardan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bank depozitlari bo’yicha

2019 yil 1 aprel holatiga “Asaka” bankning jami aholi omonatlari qoldig’i miqdori o’tgan yilga nisbatan 103 foizga oshgan

Bank bo’yicha jami 20 ta omonat turi mavjud bo’lib, shundan 13 tasi milliy valyutadagi va 7 tasi xorijiy valyutadagi omonatlar.

Jismoniy shaxslarning o’z omonatlari to’g’risida ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi “SMS-banking” xizmatidan foydalanuvchilar soni 2019 yil 1 aprel holatiga 131 mingtadan oshib ketdi.

Savdo va pullik xizmatlar orqali tushumlar o’tgan yilning mos davriga nisbatan 141% ga oshgan.

Plastik kartochkalar biznesini rivojlantirish bo’yicha.

Bank tomonidan 2019 yil 1 aprel  holatiga 2mln. 50 ming dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 121 583 donaga ko’paygan.

2019 yilning 1 aprel holatiga bank tomonidan 11 553 ta terminal o’rnatilgan, shundan savdo terminallari 10 186 donani tashkil qiladi.

Yuklab olish

389 Yangilangan: 12.04.2019 10:30:50