Plastik kartalar

Yuklab olish

Plastik kartochkalar orqali krеditlarni so'ndirish

07.09.2017

«Asaka»Bank plastik kartochkalar egalari uchun bankomatlar va infokiosklar tarmog’i orqali yangi «Kreditlarni so’ndirish» xizmatini joriy etdi

«Asaka» Aksiyadorlik tijorat bank Respublikamizda birinchi bo’lib 2011 yil 1 noyabrdan boshlab mijozlarga plastik kartochkalar orqali bankomatlar va infokiosklar tarmog’ida yangi «Kreditlarni so’ndirish» xizmat turiniko’rsatishni boshladi.

Mazkur xizmat turi «Asaka» Bank Bosh Ofisi “Kartochkalar biznesini rivojlantirish Departamenti” mutaxassislari tomonidan «OOO Fido-Biznes» va «SP OOO EOPTS» mutaxassislari bilan birgalikda yaratildi.

Mijozlar, mazkur xizmat turidan foydalangan holda, o’z bank plastik kartochkasi hisobraqamidagi mablag’lardan to’liq foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Jumladan, mijozlar «Asaka» Bank filiallari tomonidan berilgan kreditlarning so’ndirilishini filialga bormasdan turib, «Asaka» Bank bankomatlari va infokiosklari tarmog’i orqali amalga oshirishlari mumkin. Mazkur xizmat turi mijozlarga o’z vaqtini tejash va kredit qoldig’i va u bo’yicha hisoblangan foyizlar qoldig’ini bilish imkonini beradi.

Bu uchun, kredit ajratgan «Asaka» Bank filialiga pasport bilan bir marta murojaat qilinishi kerak. Bank xodimi bir necha daqiqa ichida, ro’yxatga oladi va login hamda parol taqdim etadi.

Shu bilan birga «Asaka» Bank bankomatlari va infokiosklari tarmog’ida Siz bir necha soniyalar ichida plastik kartochkangiz orqali quydagi to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • barcha uyali operatorlarning xizmatlari uchun;
  • barcha kommunal xizmatlar uchun;
  • Internet provayderlarining xizmatlari uchun;
  • shahar telefon tarmog’i xizmatlari uchun.