Hamkorlik

Yuklab olish

LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH

06.09.2017

“Asaka” bank loyihalarni moliyalashtirish sohasida Xalqaro Moliyaviy Muassasalar va chet el Banklari bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik davomida bank tomonidan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Commerzbank AG, Drezdnerbank AG, Raiffeisen Bank International, Banco Santander, Jahon Banki, United Bank of Switzerland, Credit Suisse, Societe Generale, Instituto de Credito Oficial, Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (XMK), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB), Unicredit Bank, The Bank of Tokyo-Mitsubishi UFJ, ING bank, Mizuho bank, Sumitomo Mitsui Banking Corporation, Japan Bank for International Cooperation (JBIC), Xitoy Eksport Import Banki, Xitoy Davlat Tarqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, Xususiy Sektorni Rivojlantiruvchi Islom Korporatsiyasi kredit liniyalari jalb etilgan. Yuqoridagi kredit liniyalar doirasida sanoatning turli xil sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi.

Asaka banki tomonidan chet el kredit liniyalari orqali moliyalashtirilgan eng katta loyihalari quyidagilar:

1) «Japan Bank for International Cooperation» (JBIC) va boshqa yapon banklari «The Bank of Tokyo-Mitsubishi UFJ, LTD.», «SMBC», «Mizuho» va «ING»ning sindikatlangan krediti orqali “AJ “Navoiyazot” negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarish qurilishi” – 69,24 mlrd. yapon yeni (577,0 mln AQSH dollari ekvivalentida).

2) Xitoy Eksport-Import Banki orqali “AJ “Navoiyazot” negizida PVX, metanol va kaustik soda ishlab chiqarish kompleksining qurilishi” – 373,83 mln AQSh dollari.

3) Xitoy Eksport-Import Banki orqali “Angren EIIZ hududida konveyer lentalari, avtomobil va qishloq ho’jaligi shinalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish” – 156,37 mln AQSh dollari.

Milliy eksport kredit agentliklari (EKA) bilan hamkorlik: 

Xorijiy banklarning kredit yo’nalishlarini jalb etishning asosiy shartlaridan biri – «Euler Hermes» EKA (Germaniya), «SACE» EKA (Italiya), «CESCE» EKA (Ispaniya) kabi Milliy Eksport Kredit Agentliklari tomonidan ajratiladigan sug’urta kafolati mavjudligidir. 

Mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan ish natijasida «Euler Hermes» EKA (Germaniya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida Landes Bank Berlin AG, Commerzbank AG, HVB, Dresdner Bank AG ishtiroki bilan 15 ta loyiha moliyalashtirilgan. 

CESCE EKA (Ispaniya) ishtirokida Banco Santander, ICO, Societe Generale (Ispaniya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 4 ta loyiha moliyalashtirilgan, shunda uchta loyihaga Hukumat Kafolati jalb etilgan. 

«SACE» EKA (Italiya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida HVB banki (Italiya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 3 ta loyiha moliyalashtirilgan. 
EGAP EKA (Chexiya) RZB banki (Chexiya) ishtiroki bilan 1 ta loyihani moliyalashtirish uchun sug’urta kafolatini taqdim etgan. 

EKA “NEXI” (Yaponiya) yordamida Japan Bank for International Cooperation (JBIC) ishtirokida Davlat kafolatini jalb qilish orqali 1ta loyiha moliyalashtirilgan.