Yangiliklar

Yuklab olish

"Asaka" banki xodimlari velomarafonda faol ishtirok etishdi

Poytaxtimizda yana bir sport bayrami – Barqaror va inklyuziv transportni rivojlantirishda ayollarning o'rni – shiori ostida velomarafon poygalari bo'lib o'tdi. 


500 ga yaqin havaskorlarni jamlagan velopoygada ommaviy sport tadbirlarining doimiy ishtirokchisi - “Asaka” bank jamoasi vakillari ham muvaffaqqiyatli qatnashdi. 
Ta'kidlash joizki, "Asaka" banki mamlakatimizda velosportini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Bunday tadbirlar sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sport turizmini rivojlantirish bilan birga ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga o'tish uchun ham xizmat qiladi.