E'lonlar

Yuklab olish

«ASAKA» BANK TANLOV E’LON QILADI

Sifat menejmenti tizimlari ISO 9001:2015 standartlariga muvofiqligi sertifikatlarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun Asaka bankni navbatdagi Nazorat (taftish) auditdan o‘tkazishga  tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha "Asaka" bank konsalting tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok yetish uchun barcha manfaatdor tashkilotlar 2019 yil 22 noyabr soat 10.00 ga qadar qo‘yidagi hujjatlarni "Asaka" bankka (100029, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shaxri, Nukus ko‘chasi, 67-uy) manziliga taqdim etish kerak:

  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
  • Barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan ustavning nusxasi;
  • ISO 9001: 2015  standartlarini joriy yetish bo‘yicha O‘zbekistondagi ish tajribasi to‘g‘risidagi malumotlar (5 yildan ortiq ish tajribasi va banklar bilan ishlash tajribasi qabul qilinadi);
  • Konsultantlar(xodimlar) ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumot (rezyume), xalqaro malaka sertifikatlari va ular qatnashgan loyihalar to‘g‘risidagi malumotlar;
  • Xizmatlarni o‘tkazish reja-muddati va ularning narxlari ko‘rsatilgan tijorat taklifi.

 

Ma’lumot uchun telefonlar: (998 71) 120-81-25, 120-81-27

Elektron pochta manzili: Strateg@asakabank.uz

www.asakabank.uz

«Asaka» bank