MOLIYALASHTIRISH

Yuklab olish

Loyihalarni moliyalashtirish

06.09.2017

«Asaka» banki yangi ishlab chiqarishlarni qurish va mavjudlarini kengaytirish,  zamonaviylashtirish, texnik qayta jihozlash (shu jumladan, jihozlar, matereallar, yangi buyum namunalarini, boshqa moddiy boylik va texnologiyalarni) olishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishini amalga oshiradi.

Bank tomonidan iqtisodiy jihatdan istiqbolli, foyda keltiradigan, rantabellik darajasi yuqori loyihalar moliyalashtiriladi.

Kreditdan foydalanish muddati, loyiha o’zini-o’zi qoplash vaqtiga, lekin 10 yildan oshmagan muddatga belgilanadi. 10 yildan oshgan muddatga kredit istisno tariqasida va alohida vaziyatlarda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan yoki jalb qilingan xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan (Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va kredit bitimlari bilan belgilangan shartlarda) berilishi mumkin.

Kreditni ta’minoti sifatida bank tomonidan ko’char va ko’chmas mulkni garovga olish, uchinchi shaxslar kafilliklari, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, sug’urta tashkilotlari va banklar kafolatlari hamda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari qabul qilinishi mumkin.

Bank tomonidan quyidagi maqsadlarga kreditlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi:

  • siyosiy maqsadlar uchun kreditlar;
  • qurol-yarog’, o’q-dori, portlovchi moddalar hamda giyohvandlik va psixotrop moddalarni moliyalashtirish (O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno);
  • nolikvid va past daromadli qimmatli qog’ozlar bilan kafolatlangan kreditlar;
  • bankrot deb e’lon qilingan qarz oluvchilarga kreditlar;
  • yashirin, noqonuniy bo’lishi extimol bo’lgan maqsadlarga kreditlar;
  • boshqa davlatlarning yuridik shaxslariga kreditlar;
  • xaridorgir bo’lmagan, uzoq vaqt ishlatilmay yotgan, nokomplekt, nostandart, sifati past boyliklarni garovi evaziga.

Bank kredit siyosatida quyidagi holatlarda kreditlar ajratish rad etilishi ko’zda tutilgan:

  • mahalliy hukumat idoralari va byudjet tashkilotlariga (O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasno);
  • zarar ko’rib ishlayotgan yoki muddati o’tgan qarzdorligi mavjud korxonalarga;
  • tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmaydigan jamoat tashkilotlariga.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manba’lari sifatida xorijiy davlatlarning eksport-kredit agentliklari kafolati ostida mazkur davlatlarning banklari va boshqa moliya muassasalarining mablag’lari bo’lishi mumkin.

Bank shuningdek, loyihalarni moliyalashtirisda sindikatlashtirilgan kreditlash turidan foydalanishi mumkin.

Moliyalashtirishga qabul qilingan loyiha belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha TIA, to’liq hajmda loyiha-smeta hujjatlari bilan va o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan zarur texnologik jihozlarni yetkazib berish, pudrat ishlarini amalga oshirish to’g’risidagi shartnomalar bilan hamda loyihani ishga tushirish va uning ishlab chiqarish – tijorat faoliyatini ta’minlovchi boshqa kelishuvlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

«Asaka» bank korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdordir. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichida Loyihalarni moliyalashtirish departamenti va bank filiallari malakali mutaxassislari zaruriy yordam ko’rsatishga va ko’mak berishga hamisha tayyor.

Aloqa uchun telefonlar: 

Loyihalarni moliyalashtirish  departamenti 

(+99878) 120-81-79, 120-82-24, 120-86-83, 120-82-01, 120-86-94, 120-82-62, 120-82-09, 120-82-96.

 
Xorij banklari ishtirokida loyihalarni moliyalashtirish
 
"Аsаkа" bаnk "Sаnоаt kоrхоnаlаrining enеrgiya sаmаrаdоrligini оshirish" lоyihаsini аmаlgа оshirishdа fаоl ishtirоk etmоqdа