Tadbirlar

Yuklab olish

USTOZ VA MURABBIYLAR BAYRAMIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR O’TKAZILDI

     Hozirgi kunda ilm–fan salohiyatini oshirish, yoshlarimizning bilimlarini yuqori pog’onalarga ko’tarish, sport sohasini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalardan xabardor bo’lish, madaniy-ma’rifiy salohiyatini oshirish maqsadida mamlakatimiz Rahbari va Hukumati tomonidan ko’plab shart-sharoitlar yaratilmoqda va bunda o’qituvchilar va murabbiylarning o’rni katta ahamiyatga ekanligi o’z isbotini topmoqda. Yurtimizda o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini qadrlash, obro’-e’tiborini oshirish maqsadida 1 oktyabr - “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilangan va bu bayram har yili keng nishonlanmoqda.

     Bayram arafasida “Asaka” bank O’quv markazi tomonidan bank xodimlari uchun Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi yetakchi xodimi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muxitdinova ishtirokida “1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi.

     Tadbirda Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Xorazmiy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab buyuk insonlarning yaratilgan asarlari, ularning o’z ustozlariga bo’lgan hurmati hamda yurti uchun fidokorona qilgan mehnatlari to’g’risida so’z olib borildi. Tadbir davomida hozirgi kunda mamlakatimizda ustoz va murabbiylarga bo’lgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan imtiyozlar hamda bu bayramning xorijiy davlatlarda qanday nishonlanilishi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

     Tadbir yakunida ishtirokchilarning ko’plab savollariga javoblar berildi.

“Asaka” bank O’quv markazi