Tadbirlar

Yuklab olish

BAXTIMIZ QOMUSI VA OBODLIK DASTURI

     Shu kunlarda yurtimizda bo’ylab O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan katta shodiyona va bayram tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

     Shunday tadbirlardan biri “Asaka” bank O’quv markazida bankning yosh mutaxassislari uchun “Baxtimiz qomusi va obodlik dasturi” mavzusida Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi vakili, yuridik fanlari doktori, professor Muxitdinova Firuza Abdurashidovna ishtirokida o’tkazildi.

     F.A.Muxitdinova Konstitutsiyamizning 26 yillik bayramini nishonlar ekanmiz, Asosiy qonunimizni yaratishda unutilmas xizmat qilgan insonlar nomini chuqur hurmat bilan esladi va O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov rahbarligida 1990-yil iyun oyida tuzilgan Komissiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida Konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi va so’ngra uchinchi loyihalari ishlab chiqilganligi va asosiy qonunimiz ikki marta – 1992-yil sentyabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqilganligi, hamda loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yo’li, uning kelajagiga daxldor ko’plab fikr-mulohazalar va takliflar bildirilganligi, umumxalq muhokamasi yakunlariga ko’ra, Bosh qomusimiz loyihasiga 100ga yaqin tuzatishlar kiritilganligi va 1992-yil 8-dekabr kuni Oliy Kengash sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingani haqida so’zlab berdi.

     Tadbir qatnashchilari asosiy qonunimizda demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining qiyofasi, o’ziga xos belgi va xususiyatlari shakli va tamoyillari o’z ifodasini topgani, ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi - barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo’lib xizmat qilib kelayotgani va unda beshta asosiy tamoyil mustahkam belgilab qo’yilganligi, bu tamoyillar o’z o’rnida fuqarolarning o’z xohish – irodasini erkin bildirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyatni boshqarish ishlarida qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati organlarining saylovlar asosida shakllantirilishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi kabi shakllari haqida tushunchaga ega bo’lishdi.

     Tadbir yakunida ishtirokchilarning ko’plab savollariga javoblar berildi.

Bank O’quv markazi