E'lonlar

Yuklab olish

«Asaka» bank tanlov e'lon qiladi

“O’zinvestloyiha” MChJ ustav jamg‘armasidagi “Asaka” bank ulushini  sotish maqsadida baholangan hisobotini ekspertiza qilish maqsadida baholovchi tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun barcha ishtirokchilar “Asaka” bankiga  baholovchi tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun barcha ishtirokchilar “Asaka” bankiga (100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 67 uy) e’lon chop etilgan kundan boshlab, 10 kun muddat ichida  quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak:

•    Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya nusxasi;
•    Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
•    Ustav va ustavga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalardan nusxa;
•    O‘rnatilgan tartibda litsenziya beruvchi organ tomonidan tashkilot  rahbariga va faoliyat yuritayotgan baholovchilarga berilgan sertifikat nusxasi;
•    Baholovchi tashkilot to‘g‘risida ma’lumot (professional faoliyat yuritayotgan muddati, baholash faoliyatidagi tajribasi va b.);
•    Baholashni o‘tkazish muddati va xizmatlar narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Ma’lumot uchun telefonlar:
(998 78) 120-82-75, 120-82-67.
www.asakabank.uz